Namoyishda institutning Dizayn fakulteti “Libos dizayni” kafedrasi  talabalari va professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan “Arxitektura – ilhom manbai”,  “Etno avangard” hamda “Transformatsiya” mavzularidagi kolleksiyalar, shuningdek, bitiruvchi talabalarining yakuniy libos to‘plamlari keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. Taqdim etilgan har bir kolleksiya zamonaviy moda tendensiyalari bilan milliy an’analar uyg‘unligida yaratilgani bilan alohida ajralib turdi.

Tadbirning ochilish marosimida institut rektori Salixov Omonulla Raxmatullayevich hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Abidjanova Feruza Abdullayevna so‘zga chiqib, yosh dizaynerlarning ijodiy izlanishlari, ularning moda sohasiga yangicha yondashuvlari va milliy qadriyatlarni zamonaviy talqinda ifodalash borasidagi yutuqlarini alohida e’tirof etdilar.

Namoyish jarayonida talabalarning ijodiy ishlari ranglar uyg‘unligi, badiiy yechimlar va innovatsion dizayn yondashuvlari bilan ajralib turdi. Har bir libosda muallifning o‘ziga xos ijodiy qarashi va estetik didi yaqqol namoyon bo‘ldi.

Mazkur tadbir yosh dizaynerlarning ijodiy salohiyatini namoyish etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy moda yo‘nalishini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

s.jpg

5426892484073172147_121.jpg

5427043765706233626_121.jpg

5427043765706233640_121.jpg

5427043765706233641_121.jpg

5427043765706233646_121.jpg

5427043765706233647_121.jpg

5427043765706233648_121.jpg

5427043765706233660_121.jpg

5427043765706233665_121.jpg

 

5427043765706233668_121.jpg

5427043765706233669_121.jpg