Bugun institutimizning “Tasviriy san’at” fakultetida Hindistonlik taniqli rassom Ajitvar Kumar ishtirokida mahorat darsi tashkil etilib, unda institutimiz rektori Omonulla Salixov hamda O'zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova, shuningdek, institut professor-o'qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar rassomning ijodiy yondashuvi, tasviriy ifoda imkoniyatlari xususida fikr almashish, professional tajribadan saboq olish hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur mahorat darsi xalqaro san’at namoyandalari bilan ijodiy muloqotni kengaytirish, bo‘lajak rassomlarning kasbiy mahoratini oshirish va yosh ijodkorlarni zamonaviy san’at jarayonlariga yanada faol jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.