Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida bitiruvchi talabalar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi doirasida   maxsus fanlar boʻyicha  test sinovlari o‘tkazildi.

Attestatsiya jarayonlarida Dizayn fakultetining “Professional ta’lim: Dizayn (libos va gazlamalar)” sirtqi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari ishtirok etib,  o‘quv rejasida belgilangan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim darajasi, mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarligi hamda kasbiy faoliyatga layoqatini baholashga qaratildi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan tartib va talablarga muvofiq, Davlat attestatsiya komissiyasi hamda mas’ul xodimlar nazorati ostida tashkil etildi.

photo_2026-06-10_12-16-04 (2).jpg

photo_2026-06-10_12-16-05.jpg

photo_2026-06-10_12-16-06 (2).jpg

photo_2026-06-10_12-16-06.jpg

photo_2026-06-10_12-16-07.jpg