2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida institutimizda “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi”ning uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markaz tomonidan talabalar uchun qulay, xavfsiz va munosib ijara xonadonlarini o‘rganish hamda ular haqida ma’lumotlar bazasini shakllantirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, maxsus markaz hamda institut ishchi guruhi tomonidan institutga yaqin hududlardagi, jumladan, “Baynalminal” mahallasidagi ijara xonadonlari o‘rganilmoqda. Xonadonlarning sanitariya holati, yashash sharoiti, isitish va elektr tizimlari hamda yong‘in xavfsizligi talablari ko‘rib chiqilmoqda.
Uy egalari bilan muloqotlarda ijara narxlarining barqarorligi va qonunchilik asosida shartnoma tuzish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur ishlar izchil davom ettirilib, talabalarning munosib va xavfsiz turar joy bilan ta’minlanishi mas'ullar tomonidan nazoratga olingan.