Tashrif davomida mehmon professor-o‘qituvchilar institutimiz faoliyati bilan yaqindan tanishib, ijodiy namunalar hamda haykaltaroshlik asarlarni tomosha qildilar. Delegatsiya a’zolariga Tasviriy san’at fakulteti dekani Shixnazar Jumaniyazov hamrohlik qilib, institut bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Shuningdek, mehmonlar institutimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Dilafruz Qurbonova bilan uchrashib, o‘zaro muloqot olib bordilar. Suhbat davomida ta’lim jarayoni, ilmiy faoliyat va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur universitet san’at va dizayn yo‘nalishlarida dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Mazkur tashrif ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tajriba almashish hamda san’at sohasida yangi loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

5422624802704397936_121.jpg

5422624802704397937_121.jpg

5422624802704397938_121.jpg

5422624802704397939_121.jpg

5422624802704397940_121.jpg

5422624802704397941_121.jpg

5422624802704397942_121.jpg

5422624802704397943_121.jpg

5422624802704397944_121.jpg