Tashrif davomida Partiya kotibining o‘rinbosari, prorektor Cheng Zhili, Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi direktor o‘rinbosari Wei Xiuyular institutimiz rektori Omonulla Salixov bilan muloqot olib borib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, xususan, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy-amaliy loyihalar hamda ijodiy almashinuv yo‘nalishlarida muzokaralar o‘tkazdilar.

Shuningdek, tashrif doirasida mehmonlar institutimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Dilafruz Qurbonova va mas'ul xodimlar bilan uchrashib, institutning ilmiy salohiyati, ta’lim yo‘nalishlari hamda o‘quv jarayonining tashkil etilishi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Shundan so‘ng mehmonlar institut faoliyati va ijodiy jarayonlar bilan tanishib, o‘qituvchilar tomonidan xitoylik talabalarga o‘tkazilayotgan mahorat darslarini kuzatdilar.

Mazkur uchrashuv ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tajriba almashish hamda san’at sohasida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

5420373002890712848_121.jpg

5420373002890712849_121.jpg

5420373002890712850_121.jpg

5420373002890712854_121.jpg

5420373002890712852_121.jpg

5420373002890712853_121.jpg

5420373002890712855_121.jpg

5420373002890712856_121.jpg