Avval xabar berganimizdek, Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya doirasida institutimiz professor-o'qituvchilari va talabalari faol ishtirok etishdi.
Jumladan, institutimizning Tasviriy san'at fakulteti talabalari ham mazkur konferensiyada ishtirok etib, tadbir davomida Amir Temur portretini chizib, o'zlarining ijodiy mahoratlarini yana bir bor namoyish qildilar.
Talabalarimizning bu kabi ijodiy intilishlari nafaqat ularning mahoratini oshiradi, balki buyuk ajdodlarimiz siymosini zamonaviy san'at orqali ommaga yetkazishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.