Tashrif davomida institut rahbariyati talabalarning yashash sharoitlari, dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatlari, ma’naviy-ma’rifiy muhit hamda kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdi. Talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, talabalar turar joylarida yaratilgan qulayliklar, xavfsizlik masalalari, tozalik va sanitariya holati ham ko‘zdan kechirildi. Institut rahbariyati tomonidan aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, talabalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Bu kabi tashriflar talabalar uchun munosib yashash va ta’lim olish sharoitlarini yaratish, ularning muammo va ehtiyojlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda yoshlarning sifatli ta’lim olishi va har tomonlama rivojlanishini ta’minlashda muhim аhamiyat kasb etadi.