Mazkur tadbirning asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan bolalarning ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda san’at orqali ularga quvonch ulashishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida institut talabalari tomonidan rangtasvir va haykaltaroshlik  yo‘nalishlarida tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, o‘quvchilar uchun rasm chizish, bo‘yoqlar bilan ishlash va turli amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha interaktiv mahorat darslari o‘tkazildi.

Bolajonlar mahorat darslarida faol ishtirok etib, o‘z tasavvurlari va ijodiy qarashlarini qog‘ozga tushirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

photo_2026-05-25_15-38-28 (2).jpg

photo_2026-05-25_15-38-29 (2).jpg

 

photo_2026-05-25_15-38-29.jpg

photo_2026-05-25_15-38-29 (3).jpg