Bugun institut rahbariyati ishtirokida kafedralarning 2025/2026-o‘quv yilidagi faoliyati yuzasidan hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ravshan Yunusov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Jamshid Rashidov, Institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi Xasan Djurayev hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dildora Yulchiyevalar ishtirok etdi.

Taqdimot davomida "Dastgohli rangtasvir" kafedrasi mudiri Eshmamat Xaitov, "Mahobatli rangtasvir" kafedrasi mudiri Zaynobiddin Usmonaliyev, "Haykaltaroshlik" kafedrasi katta o‘qituvchisi Uktam Saidov hamda "Amaliy grafika va badiiy fotografika" kafedrasi mudiri Ravshan Norchayev tomonidan kafedralarning o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy faoliyati yuzasidan hisobotlar berildi.

Hisobotlar doirasida kafedralar faoliyatida erishilgan natijalar hamda dolzarb masalalar muhokama qilinib, ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.

photo_2026-06-11_17-19-39.jpg

photo_2026-06-11_17-19-41.jpg

photo_2026-06-11_17-19-42.jpg

photo_2026-06-11_17-19-43.jpg