Seminar doirasida professor-o'qituvchimiz tomonidan hujjatlarni restavratsiya qilish sohasidagi dolzarb masalalar, zamonaviy yondashuvlar hamda ilmiy-amaliy tajribalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, Behzod Xadjimetov rahbarligida institutning mustaqil izlanuvchisi Yo‘ldasheva Maxfuza tomonidan “Tut qog‘ozini tayyorlash” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida qog‘oz tayyorlash jarayoni bosqichma-bosqich amaliy tarzda namoyish etilib, ishtirokchilarga batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbirda Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon va Misr kabi davlatlardan kelgan mutaxassislar faol ishtirok etib, ma’ruza va mahorat darslariga katta qiziqish bildirdilar.