Konferensiya institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Dilafruz Qurbonova moderatorligida tashkil etildi. Unda institut rektori Omonulla Salixov, arxitektura fanlari doktori, professor Abdumannob Ziyayev, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, soha mutaxassislari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar bugungi kunda muzeyshunoslik sohasini rivojlantirish, muzey faoliyatida zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish, madaniy merosni asrash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarining amaliy ahamiyatini oshirish masalalari muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladilar.
Konferensiya davomida ma’ruzachilar tomonidan muzeyshunoslik nazariyasi, muzeylarni boshqarish amaliyoti, muzey faoliyatida innovatsion yondashuvlardan foydalanish, madaniy meros obyektlarini asrash va targ‘ib etish masalalari yuzasidan ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi hamda o‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, Zoom onlayn platformasi orqali mahalliy tadqiqotchilarning ma’ruzalari tinglanib, konferensiya ishtirokchilari tomonidan soha rivojiga oid dolzarb taklif va mulohazalar bildirildi.
Konferensiya yakunida faol ishtirok etgan qatnashchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi hamda esdalik uchun umumiy suratga tushildi.
Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya muzeyshunoslik sohasini yanada rivojlantirish, muzey faoliyatiga zamonaviy va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, shuningdek, ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.