Umida Xamrayeva “Tasviriy va amaliy san’at O‘zbekiston inklyuziv badiiy ta’lim tizimida” mavzusida izlanish olib borgan. Tadqiqotda inklyuziv ta’lim sharoitida tasviriy va amaliy san’atning o‘rni tahlil qilinib, imkoniyati cheklangan yoshlarning ijodiy qobiliyatlari va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik asoslari ilmiy jihatdan dalillangan.
Dissertatsiyada badiiy ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvni joriy etishning milliy modellari va badiiy san’at orqali reabilitatsiya qilish imkoniyatlari yoritib berilgan.
Tadqiqotchi Umida Xamrayevani mazkur muvaffaqiyatli himoya bilan tabriklab, kelgusi ilmiy va ijodiy izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!