Mazkur xalqaro forum Qozog‘iston Respublikasi Milliy muzeyida tashkil etilib, unda turli davlatlardan muzeyshunoslar, arxeologlar, restavratorlar, san’atshunoslar, tadqiqotchilar hamda madaniyat sohasi vakillari qatnashishdi. Forum davomida tarixiy-madaniy meros obyektlarini saqlash, muzey faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Anjuman doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Muzeyshunoslik kafedrasi mudiri Latofat Jabbarova hamda kafedra professori Darmonjon Kuryazova ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdi. Jumladan, Darmonjon Kuryazova “Arxeologik obyektlarni muzeylashtirishning zamonaviy yondashuvlari (Toshkent misolida)” mavzusida, Latofat Jabbarova esa “O‘zbekistonda muzey dizaynining rivojlanish tamoyillari: XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Ma’ruzalar davomida O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, muzey dizayni va ekspozitsiya yo‘nalishidagi zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, arxeologik obyektlarni saqlash va muzeylashtirish tajribalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Mazkur xalqaro forum tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash, muzeyshunoslik sohasida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy-madaniy hamkorlikni mustahkamlashda muhim platforma sifatida xizmat qildi.

photo_2026-05-26_07-58-14.jpg

photo_2026-05-26_07-58-15.jpg

photo_2026-05-26_08-03-49 (2).jpg

photo_2026-05-26_08-03-49.jpg

photo_2026-05-26_08-03-50.jpg