Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 2025/2026-o‘quv yili davomida o‘tkazilgan “Ilhom” mukofotining g‘olib va sovrindorlari Andijon viloyati Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida e’tirof etildi.
Joriy o'quv yilida "Ilhom" mukofotining Respublika bosqichida 130 ta eng sara ijodiy ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan ijtimoiy ahamiyati, mavzuning yoritilishi, talqinning o‘ziga xosligi, badiiylik darajasi kabi mezonlar asosida baholandi.
Quvonarlisi shundaki, institutimizning San'atshunoslik va amaliy san'at fakulteti “Muzeyshunoslik: tarixiy – madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, taʼmirlash va saqlash” mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Ismoilova Fotima Izzat qizi Respublika bosqichida eng kuchli 5 talik orasidan o'rin egallab, Rag‘batlantiruvchi mukofotni qo'lga kiritdi.
qtidorli talabamizni mazkur yutug'i bilan institut rahbariyati nomidan tabriklagan holda, kelgusi ijodiy faoliyati hamda izlanishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!