Ayni kunlarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Abidjanovna Feruza Abdullayevna hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Qurbonova Dilafruz Abdurashidovnalar Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan MDH davlatlarining "XIX Ijodkorlar va ilmiy ziyolilar forumi"da ishtirok etmoqda.
Mazkur forum MDH davlatlari o‘rtasida ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim va ijodiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ziyolilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish hamda xalqaro madaniy muloqotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Forum doirasida “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 35 yilligi” mavzusidagi yalpi majlis va ko‘rgazma, “Hamdo‘stlik madaniy poytaxtlari” davlatlararo dasturining taqdimoti, shuningdek, “Hamdo‘stlik yulduzlari” davlatlararo mukofoti hamda “Debyutlar hamdo‘stligi” xalqaro mukofotining taqdimotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Vakillarimizning ushbu nufuzli xalqaro forumdagi ishtiroki mamlakatimiz ilmiy-ijodiy salohiyatini namoyon etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda san’at va madaniyat sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.