Joriy yilning 28-aprel kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama  Xalqaro madaniyat karvon saroyida mahoratli rassom, institutimizning "Mahobatli rangtasvir" kafedrasi dotsenti Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinov ishtirok etib, iste'dodli rassom Umar Rajabovning ijodiy faoliyatini yuqori baholadi va kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Eng quvonarlisi tadbirda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibroxim Valixodjayev tomonidan Umar Rajabovga "O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Oltin medali" tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, mazkur ochilish marosimida institutimiz rahbariyati  hamda professor-o'qituvchilari ham ishtirok etib, Umar Rajabovga institut rektorining samimiy tilaklari hamda tashakkurnomalarini yetkazishdi.

Ma'lumot uchun, mazkur ko`rgazma joriy yilning 8-may sanasiga qadar davom etadi.

5447208817549580868_121.jpg

5447208817549580869_121.jpg

5447208817549580870_121.jpg

5447208817549580871_121.jpg

5447208817549580872_121.jpg

5447208817549580873_121.jpg

5447208817549580874_121.jpg

5447208817549580875_121.jpg

5447208817549580876_121.jpg