Bugun institutimizning Dizayn fakulteti talabalari uchun "Akmal Nur Gallery" sanʼat galereyasiga mazmunli madaniy tashrif tashkil etilib, unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, institutning mas’ul xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Akmal Nuridinov hamda Nilufar Allabergenova talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy san’at va dizayn yo‘nalishlaridagi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, tashrif davomida talabalar Akmal Nuridinovning san'at galereyasida namoyish etilgan asarlar hamda "Nur Art School" maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif va ochiq muloqot yoshlarning ma’naviy va estetik dunyoqarashini kengaytirish, milliy va zamonaviy san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni ijodiy izlanishlarga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.