Tashrif davomida Xasan Salixov Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova hamda institut rektori Omonulla Salixov hamrohligida institutning o‘quv jarayoni, moddiy-texnik bazasi va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

 Shuningdek, institutda yangi tashkil etilgan ko‘rgazmalar zali faoliyati ko‘zdan kechirilib, joriy yilgi bitiruvchi talabalarning tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlaridagi ijodiy ishlari namoyish etilgan ko‘rgazma bilan tanishildi.

 Tashrif davomida badiiy ta’lim sifatini oshirish, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

 Yakunda institut faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim va ijodiy jarayonlar samaradorligini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

5415933913672129205_121.jpg

5415933913672129206_121.jpg

5416044676583726199_121.jpg

5415933913672129208_121.jpg