Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan Respublika

"Olima ayollar" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Tanlov yakunlariga ko‘ra, institutimiz tomonidan taqdim etilgan
"Xorijiy muzeylarda saqlanayotgan Temuriylarga oid ashyolarning 3D modeli va animatsion tasvirini yaratish" mavzusidagi innovatsion amaliy loyiha tanlov komissiyasi tomonidan yuqori baholanib, davlat ilmiy faoliyatiga oid dasturlar doirasida moliyalashtirish uchun tavsiya etilgan g‘olib loyihalar qatoridan joy oldi.

 Tadbir davomida mazkur loyiha uchun ajratilgan
667 000 000 so‘mlik davlat granti sertifikati loyiha rahbari, institutimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Dilafruz Qurbonovaga tantanali ravishda topshirildi.

 Loyiha xorijiy muzeylarda saqlanayotgan Temuriylar davriga oid tarixiy-madaniy meros namunalarini zamonaviy
3D modellashtirish, raqamli rekonstruksiya va animatsion vizualizatsiya texnologiyalari asosida ilmiy tadqiq etish, ularni raqamlashtirish hamda ta’lim va ilmiy-ma’rifiy faoliyatga keng joriy etishga xizmat qiladi.

 Mazkur natija institutda ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, madaniy merosni zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida o‘rganish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlarning yana bir muhim e’tirofi bo‘ldi.

 Institut jamoasini ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda loyiha rahbari va ijodiy guruh a’zolariga kelgusidagi ilmiy-innovatsion faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

photo_2026-07-31_15-37-44 (2).jpg

photo_2026-07-31_15-37-44.jpg

photo_2026-07-31_15-37-45 (2).jpg

photo_2026-07-31_15-37-45.jpg

photo_2026-07-31_15-37-45 (3).jpg