Bugun ko'rgazmaning ochilish marosimi o'tkazilib, unda institut rahbariyati, xorijiy mehmonlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etishdu. Ko'rgazmada namoyish etilgan asarlar orqali tomoshabinlar vizual metamorfozalar, tabiiy shakllar va dengiz ilhomining san’atdagi talqinini yaqindan his etish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida institutimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Dilafruz Qurbonova so‘zga chiqib, mazkur hamkorlikning ahamiyati, san’at orqali madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy badiiy izlanishlarda dengiz ramzlarining tutgan o‘rni haqida fikr bildirdi hamda Lelia Pîrvan-Rusga institut rahbariyatining sertifikat va esdalik sovg'alarini topshirdi.
Shuningdek, loyiha doirasida mehmon tomonidan “Negativ relyef — dengiz tuzilmalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etilib, unda haykaltaroshlik yo‘nalishi talabalari uchun master-klass oʻtib berildi.
Mazkur ko‘rgazma va mahorat darsi institutning xalqaro aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish hamda yosh ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.