Uchrashuv davomida mehmon tomonidan zamonaviy media makonidagi dolzarb tendensiyalar, blogerlik faoliyatining bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, kontent yaratishda kreativ yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar shaxsiy brendni shakllantirish, auditoriya bilan samarali muloqot qilish hamda ijtimoiy tarmoqlarda yutuqlarga erishish bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan amaliy javoblar olish imkoniga ega bo‘lishdi. Uchrashuv media, dizayn, ijod va kommunikatsiya yo‘nalishlariga qiziquvchi talabalar uchun motivatsion hamda foydali boʻldi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bu kabi uchrashuvlar orqali talabalar uchun yangi bilim va tajribalar maydonini yaratishda davom etadi.