Ayni kunlarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati, fakultet dekanlari, tyutorlar va boshqa mas'ul xodimlardan iborat ishchi guruh tuzilib, institut talabalari yashaydigan ijara xonadonlariga tashrif buyurilmoqda.
ashriflar davomida mas'ullar ijara xonadonlaridagi talabalarning yashash sharoitini o‘rganish bilan birga, ularga tabiiy gaz va elektr tokidan to'g'ri foydalanish, is gazidan zaharlanishni oldini olish hamda texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish, ayniqsa, kuz-qish mavsumida xonani isitish maqsadida turli qo'lbola va ruxsat etilmagan qurilmalardan foydalanmaslik yuzasidan tegishli tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.
Shuningdek, mas'ullar tomonidan tashrif doirasida talabalarning taklif va muammolari tinglanib, ijarada yashovchi talabalar uchun institut tomonidan beriladigan imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilmoqda.