Institutimizning Tasviriy san'at fakulteti Mahobatli rangtasvir kafedrasi dotsenti, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibi Umar Rajabov tomonidan Alfraganus universitetida “Zamonaviy rangtasvir va tasviriy san’atda milliy hamda global tendensiyalar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbir davomida zamonaviy rangtasvirning rivojlanish yo‘nalishlari, milliy qadriyatlar va global tendensiyalar uyg‘unligi, shuningdek, milliy me’moriy merosning zamonaviy dizayndagi badiiy talqini yuzasidan fikr almashildi. Talabalar milliy badiiy an’analarni zamonaviy ijodiy yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish borasida yangi bilim va taassurotlarga ega bo‘ldilar.

Bunday ijodiy-ma’rifiy uchrashuvlar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy va badiiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.

5431844439631535829_121.jpg

5431844439631535828_121.jpg

5431844439631535830_121.jpg