Institutimiz professor-o'qituvchilari va tyutorlari tashabbusi bilan o'tkazilgan mazkur plener mashg‘uloti talabalarning tasviriy san’at sohasidagi nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, tabiat manzaralarini bevosita kuzatish orqali kompozitsion tafakkurini rivojlantirish, rangtasvir va grafika yo‘nalishlarida ijodiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.

Mashg‘ulot davomida talabalar tabiiy yorug‘lik va rang o‘zgarishlarini o‘rganish, perspektiva qonuniyatlarini amalda qo‘llash, landshaft tasvirlashda individual uslubni shakllantirish kabi muhim jihatlar ustida ishladilar. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan ijodiy jarayon yuzasidan metodik tavsiyalar berilib, har bir talabaning ishiga individual yondashuv asosida tahliliy fikr-mulohazalar bildirildi.

Bu kabi plener amaliyotlari talabalarning badiiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy fikrlashini rivojlantirish hamda kelgusida professional rassom sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

5397722724056111017_121.jpg

5397722724056111018_121.jpg

5397722724056111019_121.jpg

5397722724056111020_121.jpg

5397722724056111022_121.jpg

5397722724056111024_121.jpg