Termiz davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminar va sport haftaligi doirasida Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida muhim tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mazkur jarayonlarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Omonulla Salixov ham faol qatnashmoqda.

Xususan, bugun “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etilib, unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Shuningdek, 2026-yil 7-aprel kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan seminarda Sport vaziri Adham Ikramov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etib, jismoniy tarbiya va sportni oliy ta’lim tizimi bilan uzviy bog‘lash, talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, seminar doirasida “Termiz tajribasi” asosida universitetning sport klublari, zamonaviy infratuzilmasi, sport tibbiyoti hamda mashg‘ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Ushbu ilg‘or yondashuvlar oliy ta’lim tizimida sportni rivojlantirish va samarali tajribalarni respublika miqyosida keng joriy etishga xizmat qiladi.

Mazkur forum oliy ta’lim tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportni ommalashtirish hamda oliygohlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

5425099842033226917_121.jpg

5425099842033226906_121.jpg

5425099842033226907_121.jpg

5425099842033226909_121.jpg

5425099842033226910_121.jpg

5425099842033226911_121.jpg

5425099842033226912_121.jpg

5425099842033226913_121.jpg