Kasbiy (ijodiy) imtihonlar Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uy manzilida joylashgan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bosh binosida yuqoridagi tartib asosida o‘tkaziladi.

 Hurmatli abituriyentlar, Kasbiy (ijodiy) imtihon kunlari imtihon boshlanishidan 1 soat avval shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihon o‘tkaziladigan manzilga yetib kelishingiz lozim. Belgilangan vaqtdan kech yetib kelgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID karta) va abituriyent ruxsatnomasini taqdim etmagan abituriyentlar imtihonlarga kiritilmaydi.
 Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini institutning rasmiy youtube sahifasi orqali "Jonli efir" tugmasini bosish yoki afishadagi maxsus QR kodni skanerlagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borish imkoniyati yaratiladi. 

 Ma'lumot uchun, abituriyentlar faqatgina o‘zlarining imtihon natijalari yuzasidan imtihon javoblari e’lon qilinganidan so‘ng  24 soat ichida Apellyatsiya komissiyasiga "Appelyatsiya berish" tugmasini bosish yoki afishadagi maxsus QR kodni skanerlagan holda onlayn ariza bilan murojaat etishlari mumkin. Appelyatsiya murojaatlari komissiya tomonidan 1 kun muddatda ko‘rib chiqiladi.

 

5339101462757316302_121.jpg