Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun Kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yil 7-iyuldan 11-iyulgacha (shu kuni ham) yuqoridagi reja-grafik asosida o‘tkaziladi.
Abituriyentlar o‘zlarining kasbiy (ijodiy) imtihonlari o‘tkaziladigan vaqti to‘g‘risida https://my.uzbmb.uz/ saytining "Shaxsiy kabinet" bo‘limiga kirgan holda batafsil ma'lumot hamda ushbu saytdan "Abituriyent ruxsatnomasi"ni yuklab olishlari mumkin.