Mazkur konferensiya O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, San'atshunoslik va amaliy sanʼat fakulteti, Sanʼat tarixi va nazariy kafedrasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Ilm-fan targ‘iboti Media markazi hamkorligida oʻtkazildi.

Konferensiyani institutimiz Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Dilafruz Qurbonova ochib berib, ishtirokchilarga tabrik so‘zini yo‘lladi. Konferensiya davomida San’at tarixi va nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistratura va bakalavriat bosqich talabalari hamda olimlar va ijodkorlar ishtirok etib, sunʼiy intellekt asosida yaratilayotgan san’at asarlari, raqamli ijod va innovatsion yondashuvlar yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini interaktiv taqdimotlar orqali namoyish qildilar.  Anjumanda sunʼiy intellekt va san’at integratsiyasi, hissiyot va estetikaning raqamli ifodasi, zamonaviy media va vizual san’atdagi yangi yo‘nalishlar kabi dolzarb masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

Tadbir yakunida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati tomonidan konferensiya tashabbuskori - Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, Sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor Akbar Xakimov hamda barcha ma’ruza ishtirokchilari esdalik sovgʻalari, pul mukofotlari hamda maxsus sertifikatlar bilan munosib taqdirlandi.

Mazkur konferensiya yosh san’atshunoslarning nazariy bilimlarini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga undash hamda zamonaviy san’at jarayonlarini chuqur anglashga xizmat qiladi.

5425099842033226669_121.jpg

5425099842033226670_121.jpg

5425099842033226671_121.jpg

5425099842033226674_121.jpg

5425099842033226675_121.jpg

5424918740442223814_121.jpg

5425099842033226675_121.jpg

5425099842033226676_121.jpg

5425099842033226677_121.jpg