Bugun Xalqaro “Tasviriy va amaliy san’at festivali”ning tantanali yopilish marosimi o'tkazilib, tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi  rahbariyati barcha tashkilotlar hamda faol  qatnashgan ishtirokchilarga samimiy minnatdorlik bildirdi va tantanali taqdirladi.

Quvonarlisi, institutimiz mazkur festival yakunlariga ko‘ra "Eng faol ta’lim muassasasi" hamda "Eng yaxshi ilmiy-amaliy konferensiya" nominatsiyalarida munosib deb topildi. Shuningdek, 24 nafar talabalar oltin, kumush hamda bronza medallari sohibiga aylanishdi.

Institut rahbariyati va jamoasi nomidan ushbu yuksak e’tirof bilan barcha professor-o‘qituvchilar hamda talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz. Ushbu yutuq institutimizning ilmiy-ijodiy salohiyati hamda san’at sohasidagi faol ishtirokining yorqin ifodasidir.

5431672975947143421_121.jpg

5431672975947143422_121.jpg

5431672975947143423_121.jpg

 

5431672975947143425_121.jpg

5431672975947143424_121.jpg

5431672975947143426_121.jpg

5431672975947143427_121.jpg

5431672975947143428_121.jpg