Bugun institutimizda O‘zbekiston amaliy san’ati va to‘qimachilik merosining muhim yo‘nalishlaridan biri — abrband matolarga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘z ishini boshladi. 

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori Ismoilova Jannat Xamidovna, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi bosh ilmiy kotibi Abidjanova Feruza Abdullayevna, institut rektori Salixov Omonulla Raxmatullayevich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Qurbonova Dilafruz Abdurashidovna, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda so'zga chiqganlar abrband matolar san’ati, uning tarixiy ildizlari, milliy madaniyatimizdagi o‘rni hamda bugungi kunda zamonaviy dizayn va liboslar yo‘nalishida tutayotgan ahamiyati xususida so‘z yuritishdi.

Koʻrgazmada qatnashgan ishtirokchilar abrband matolarning nafaqat etnografik meros sifatidagi ahamiyati, balki zamonaviy libos dizaynida konseptual g‘oyalarni ifodalovchi muhim vizual vosita sifatidagi o‘rni haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldilar 

Mazkur ko‘rgazma milliy to‘qimachilik merosini asrab-avaylash, uni zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirish hamda yosh ijodkorlarning ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 

5406838461429388965_121.jpg

5406838461429388967_121.jpg

5406838461429388969_121.jpg

5406838461429388970_121.jpg

5406838461429388971_121.jpg

5406838461429388964_121.jpg

5406838461429388972_121.jpg