Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida "Stritbol"  musobaqasining 1-institut bosqichi  bólib ótdi!

Mazkur musobaqada institutning turli fakultetlaridan saralab olingan jamoalar faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, tezkor fikrlash qobiliyati hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Bellashuvlar ko‘tarinki ruhda kechib, ishtirokchilar tomonidan sport etikasi va halol raqobat tamoyillariga qat’iy rioya qilindi.

Ayniqsa, jamoalarning o‘zaro uyg‘un harakati, aniq uzatmalari hamda tezkor hujumlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining irodasi, chidamliligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini yaqqol namoyish etdilar.

Musobaqa yakunida eng kuchli jamoalar saralanib, ular keyingi bosqichda ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.

5402399891901848652_121.jpg

5402399891901848653_121.jpg

5402399891901848654_121.jpg

5402399891901848655_121.jpg

5402399891901848656_121.jpg