Bugun Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida ilk bor tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning Respublika final bosqichi tantanali ravishda ochildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirda sport sohasi mutasaddilari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, sport federatsiyalari vakillari hamda mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan talaba-sportchilar ishtirok etdi. Marosim davomida delegatsiyalar paradi o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi, soha rahbarlarining tabrik so‘zlari tinglandi hamda teatrlashtirilgan badiiy chiqishlar va konsert dasturlari namoyish etildi.
Eng quvonarlisi ayni kunlarda institutimizning Tasviriy san’at fakulteti 3-bosqich talabasi Yakubova Rushana Baxadirovna suzish sport turi bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning Respublika bosqichida institutimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Talabamizga musobaqalarda yuksak natijalar, kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar tilaymiz. Ishonamizki, u o‘z mahorati va qat’iyati bilan institutimiz nufuzini yanada yuksaltiradi.
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” nafaqat sport musobaqasi, balki yoshlarning jismoniy salohiyatini namoyon etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim maydondir