Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi  tashkil etilib, unda О‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova hamda institutimiz O’quv ishlari bo’yicha prorektori Jamshid Rashidov va institutimizning iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. 

Uchrashuv davomida talabalarning ijodiy tashabbuslari, turli xalqaro dasturlardagi ishtirokini kengaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan loyihalarni yanada ommalashtirish va boshqa masalalar muhokama qilinib, talabalar tomonidan bildirilgan har bir taklif va murojaat  e’tiborga olinishi  ta’kidlandi. 

Bu kabi uchrashuvlar institutda yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning ijodiy va ilmiy salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

5366091788864658851_121.jpg

5366091788864658852_121.jpg

5366091788864658854_121.jpg

5366091788864658855_121.jpg