Document

TASVIRIY SAN’AT TARIXI VA NAZARIYASI KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Obidjon Oripovich Abdullaev

Qabul kunlari: Seshanba, Chorshanba

Telefon: +99890 323-12-13, +99899 802-12-31

E-mail: sezar_0610@mail.ru

TASVIRIY SAN’AT TARIXI VA NAZARIYASI KAFEDRASI HAQIDA 

Kafedra 1964-1965 o’quv yillarida sobiq Ostrovskiy nomidagi Teatr va rassomlik instituti tarkibida tashkil topgan. Dastlabki yillarda akademiklardan G.A.Pugachenkova, R.X.Toqtosh, professorlardan L.I.Rempel, E.V.Rtveladze, A.R.Umarov kabi Respublikamizning yetuk san’atshunoslari talabalarga san’at tarixi va nazariyasi fanidan saboq bergan. Keyinchalik ularning safiga professor L.V.Shostko, dotsent, s.f.n. B.Turg’unov, professor, s.f.d. A.A.Xakimov kabi olimlar kelib qo’shildi. Kafedrada sezilarli o’zgarishlar 1997 yildan – Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etilgandan keyin boshlandi. Bu davrda san’atshunoslardan s.f.n. N.Oydinov, s.f.n. N.Abdullaev, s.f.d. N.Axmedova, s.f.d. K.Akilovalar faoliyat ko’rsatishdi.

Kafedra tarkibi. Bugungi kunda kafedrada yuqori avlod vakillari bilan birgalikda yosh mutaxassislar faoliyat olib borishmoqdalar. O’zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, O’zbekiston badiiy akademiyasi akademigi, professor, s.f.d. A.A.Xakimov, O’zbekiston badiiy akademiyasi akademigi, professor, s.f.d. N.R.Axmedova, professor, s.f.d. K.B.Akilova, s.f.n. E.V.Gyul, s.f.n. Sh.K.Abdullayeva, s.f.n. R.S.Fatxullayev, dotsent T.B.Ahmedov; katta o’qituvchi F.A. Maksumovalar va qator yosh o’qituvchi va izlanuvchilar faoliyat yuritadilar hamda bo’lajak mutaxassislarga o’z bilim va maslaxatlari bilan ko’maklashib kelishmoqdalar.

Kafedrada quyidagi ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlanadi:

-5150200-San’atshunoslik (tasviriy va amaliy san’at) ta’lim yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumotli bakalavr;

-5A150203-San’at nazariyasi va tarixi (tasviriy va amaliy san’at) magistratura mutaxassisligi bo’yicha san’atshunos – tanqidchilar tayyorlanadi.

            Bakalavriat bosqichida talabalar O’zbekiston va jahon tasviriy va amaliy san’ati, san’at sohasida jahon davlatlari tajribasi, hozirgi davrda uning mavqeini o’rganish va o’zlashtirishga yo’naltiriladi. Dunyoqarash xarakteridagi tizimli bilimga ega bo’lishiga alohida e’tibor beriladi. San’at tarixi va nazariyasi bo’yicha maxsus bilimlar tizimi bosqichma – bosqich o’rgatilib boriladi.

Kasbiy faoliyat sohalari; badiiy madaniyat va san’at markazlari, tasviriy san’at galereyalari, ko’rgazma zallari, ilmiy-tadqiqot institutlari, madaniy-ma’rifiy muassasalar, nashriyotlarning badiiy tahririyatlari, radio va televidenie sohalari uchun san’atshunos-tanqidchilar tayyorlanadi. Ular hayotiy faoliyatlarida badiiy tanqidchilik, ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik faoliyat bilan ham shug’ullanadilar.