Document

TASVIRIY SAN’AT TARIXI VA NAZARIYASI KAFEDRASI

Kafedra mudiri:  Abdullayev Obidjon Oripovich

Qabul vaqti: Dushanba: 15.00-17.00  Chorshanba: 15.00-17.00

Telefon: (+99890) 323-12-13

 

Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi kafedrasi tarixi

 

Kafedra 1964-65 o‘quv yilida sobiq Teatr va rassomlik instituti qoshida tashkil topgan. Dastlabki yillarda – akademik G.A.Pugachenkova, professor L.I.Rempel’, E.V.Rtveladze, R.X.Toqtosh, A.R.Umarov kabi Respublikamizning yetuk san’atshunoslari talabalarga “San’at tarixi va nazariyasi”dan saboq berganlar. Keyinchalik, ularning safiga L.Shostko, B.Turg‘unov, A.Hakimov, N.Abdullaev kabi olimlar kelib qo‘shildi.
Kafedrada sezilarli o‘zgarishlar 1997 yildan – K.Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti Tashkil etilgandan keyin boshlandi. Bu davrda san’atshunoslar N.Oydinov, N.Abdullaev, N.Axmedova, K.Akilovalar faoliyat ko‘rsatishdi. Hozirgi kunda kafedrada 24 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadilar.
Kafedrada San’atshunoslik (tasviriy va amaliy san’at) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavriat va magistratura darajasidagi san’atshunos-tanqidchilar tayyorlanadi.

 

Kafedrada o‘tiladigan fanlar ro‘yxati:

 

Bakalavr bosqichida:

    • “Umumsan’at tarixi”,
    • “XX-XXI asr Yevropa va Osiyo san’ati”,
    • “Sharq san’ati tarixi”,
    • “O‘zbekiston san’ati tarixi”,
    • “Amaliy bezak san’ati tarixi”,
    • “O‘zbek xalq amaliy san’ati tarixi”,
    • “Taqriz va tahrir”,
    • “Tasviriy san’atni umumiy tarixi”,
    • “Badiiy tanqid tarixi va nazariyasi”,
    • “Sharq kitoboti va miniatyurasi”,
    • “Teatr, kino va musiqa san’ati”,
    • “Tasviriy san’atda afsona va rivoyatlar”,
    • “San’atshunoslik asoslari”,
    • “Xalqaro munosabatlar va madaniy aloqalar”,
    • “Ilmiy ish asoslari”,
    • “Markaziy Osiyo san’ati tarixi”,
    • “San’at jurnalistikasi asoslari”,
    • “Sharqiy Yevropa san’ati tarixi” fanlari o‘qitiladi.

 

Magistratura bosqichida:

    • “Markaziy Osiyo tasviriy san’ati tarixi”,
    • “Markaziy Osiyo amaliy san’ati tarixi”,
    • “Jaxon badiiy jarayonlarining nazariyasi va amaliyoti ”,
    • “Ilmiy tadqiqot usullari va ularning taxlili”,
    • “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” kabi fanlar o‘qitiladi.

 

Bakalavr bosqichida ixtisoslikning san’atshunoslik sohasidagi o‘rni:


San’atshunoslik ixtisosligi “Gumanitar fanlar va san’at” sohasida 5150200-San’atshunoslik (tasviriy va amaliy san’at), 5150200 – San’atshunoslik (san’at tanqidchiligi), 5150200 San’atshunoslik (tasviriy va amaliy san’at) (sirtqi) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrning kasbiy mahorati O‘zbekiston va jahon san’atshunosligi rivojlanish tajribasini o‘zlashtirish va o‘rganish, tasviriy va amaliy san’at tarixi, nazariyasi va metodikasining hamma tomonlarini, badiiy qadriyatlarni konservasiya qilish va saqlash, tasviriy asarlarning kelib chiqish tarixi va ijtimoiy funksiyalarini o‘rganishga qaratilgan.

 

Kasbiy faoliyat ob’ektlari:

Kafedrada san’at nazariyasi va tarixi (turlari bo‘yicha) oliy ma’lumotli magistr darajasidagi mutaxassislar tayyorlanadi. Kasbiy faoliyat sohalari; badiiy madaniyat va san’at markazlari, tasviriy san’at galereyalari, ko‘rgazma zallari, ilmiy tadqiqot institutlari, madaniy-ma’rifiy muassasalar, nashriyotlarning badiiy tahririyatlari, radio va televidenie sohalari uchun san’atshunos-tanqidchilar tayyorlanadi. Ular hayotiy faoliyatlarida badiiy tanqidchilik, ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik faoliyat bilan ham shug‘ullanadilar.

 

Magistr bosqichida kasbiy faoliyat ob’ektlari


5A150203-San’at nazariyasi va tarixi (tasviriy va amaliy san’at) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarning kasbiy faoliyat ob’ektlari: turli ixtisoslikdagi muzeylar, ko‘rgazmalar, galereyalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, madaniy-ma’rifiy muassasalar, nashriyotlarning badiiy taxririyatlari, radio va televidenie, tijorat tizimi ishlari tashkil etadi.

Kasbiy faoliyat turlari
5A150203-San’at nazariyasi va tarixi (tasviriy va amaliy san’at) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar mustaqil ijodiy, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik, kasbiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi:
– tanlangan mutaxassislik bo‘yicha mustaqil ijodiy, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik boshqaruv va kasbiy faoliyatni bajarishi;
– magistrlik tayyorgarligiga mos tarzda mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturada OO‘Yudan keyingi ta’limni olishi;
– kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida qo‘shimcha kasbiy ta’lim olishi;
– oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida maxsus fanlar bo‘yicha o‘qituvchilik qilishi;
– davlat, korxona, muassasa, tashkilot muzeylari, galereyalar, ko‘rgazma zallarida rahbarlik lavozimlarida ishlashi;
– davlat va nodavlat oliy va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim muassasalarida dars bera olish faoliyatini bajarishi mumkin

Hozirgi kunda kafedramizda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar

Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotganlar ro‘yxati

Tayanch doktorantlar:

1. Abduraxmonov I.R. s.f.n., dosent
2. Raxmatullaeva A.G‘.
3. Asqarova Z.A.

Mustaqil izlanuvchilar:

1. Abdullaev O.O.
2. Xayitboboeva X.P.

Erkin tadqiqotchilar:
1. Fatxullaev R.S. s.f.n. dosent.

Ilmiy amaliy konferensiyalar:

Kafedra faoliyati davomida turli konferensiyalarni doimiy ravishda tashkil etib keladi. “EGO” ilmiy-amaliy konferensiya shular sarasiga kiradi. Mazkur konferensiya 2005 yildan buyon turli mavzular asosida tashkil etib kelinmoqda.

“EGO - XIX” ilmiy - amaliy konferensiyasi