San'atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti

 

 

Fakultet dekani: 

Saidova Sayyora Djurayevna

 

Qabul kunlari: 

dushanba, chorshanba, shanba kunlari, soat 15.00 – 17.00 gacha.

Telefon raqami: 71 254-20-23, 90 926-55-51

Elektron pochta: S.Dj.Saidova@mail.ru




O‘quv ishlari bo‘yicha dekan
o‘rinbosari: 

Bo’riev Sherzod Khuldashevich

 

Qabul kunlari: dushanbadan shanbagacha, soat 10.00 – 17.00 gacha.

Telefon nomer: 93 584-83-54

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan
o‘rinbosari: 

Ibodov Ilhom Sodiqovich

 

Qabul kunlari: dushanbadan shanbagacha, soat 10.00 – 17.00 gacha.

Telefon nomer: 99 304-01-79

 

 

FAKULTET HAQIDA

San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-yanvardagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil to‘g‘risida”gi qarori asosida “Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi negizida tashkil etilgan. Fakultet san’atshunos va muzeyshunos mutaxassisliklari bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo’naltirilgan. Hozirgi kunda fakultetga 2 ta mutaxassis tayyorlovchi kafedralar mavjud. 

Fakultetda uzoq yillar san’atshunos Sh.S.G’ulomova, keyinchalik filologiya fanlari nomzodi G.Qarshiyeva, filologiya fanlari doktori L.R.Raupova, san’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) B.Sangirovlar fakultet dekani sifatida faoliyat olib borgan. Fakultet tarkibidagi kafedralarda asosiy shtatda va o’rindoshlik asosida jami 53 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor A.Hakimov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor N.R.Ahmedova, san’atshunoslik fanlari doktori K.B.Akilova, san’atshunoslik fanlari doktori D.M.Qodirova, me’morlik fanlari doktori M.Yusupova, tarix fanlari doktori J.Ismoilova, shuningdek falsafa fanlari doktori U.Qoraboyev, san’atshunoslik fanlari nomzodlari Z.RaximovaR.Fatxullayev, I.Abdurahmonov, tarix fanlari nomzodlari D.Kuryazova, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) M.Muxamedova,  san’atshunoslik fanlari doktori (PhD) N.Kultasheva, san’atshunoslik fanlari doktori (PhD) D.Alimqulova va boshqalar talabalarga saboq beradilar.

2021-yil 27-avgustdan e’tiboran fakultet San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti deb nomlana boshlandi. 

Fakultetdagi kafedralar va ta’lim yo’nalishlari, mutaxassisliklari haqida ma’lumot

Fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:

1.   “San’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi

2.   “Muzeyshunoslik” kafedrasi