“San’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi 1964-1965 o‘quv yilida sobiq Teatr va rassomlik instituti qoshida tashkil topgan. Dastlabki yillarda – akademik G.A.Pugachenkova, professor L.I.Rempel’, E.V.Rtveladze, R.X.Toqtosh, A.R.Umarov kabi Respublikamizning yetuk san’atshunoslari talabalarga “San’at tarixi va nazariyasi”dan saboq berganlar. Keyinchalik, ularning safiga L.Shostko, B.Turg‘unov, A.Hakimov, N.Abdullayev kabi olimlar kelib qo‘shildi.
Kafedrada sezilarli o‘zgarishlar 1997 yildan – K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etilgandan keyin boshlandi. Bu davrda san’atshunoslar N.Oydinov, N.Abdullaev, N.Axmedova, K.Akilovalar faoliyat ko‘rsatishdi. Hozirgi kunda kafedrada 24 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadilar.
Kafedrada San’atshunoslik (tasviriy va amaliy san’at) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavriat va magistratura darajasidagi san’atshunos-tanqidchilar tayyorlanadi.
Kafedrada О‘zFA va О‘zBA akademigi, professor A.A.Xakimov, О‘zBA akademigi, professor N.R.Axmedova, professor, s.f.d. K.B.Akilova, professor, s.f.d. D.M.Kadirova, s.f.n, professor R.S.Fatxullayev, s.f.n., dotsent, Sh.K.Abdullayeva, s.f.f.d. (PhD), dotsent D.R.Alimkulova, s.f.f.d. (PhD), dotsent N.D.Kultasheva, s.f.f.d. (PhD), dotsent F.N.Kobilova, s.f.f.d. (PhD) N.SH.Tashpulatova, s.f.f.d. (PhD) E.Y.Mirzanazarova, s.f.f.d. (PhD) Z.A.Askarova, s.f.f.d. (PhD) A.G.Raxmatullayeva, s.f.f.d. (PhD) X.P.Hayitboboyeva, s.f.f.d. (PhD) A.A.Imamov va boshqalar talabalarga saboq beradilar.