Unga ko‘ra, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining quyidagi talabalari davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishdi:

Serikbayeva Shaxnoza Elmurod qizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori. San'atshunoslik va amaliy san'at fakulteti, Muzey menejmenti va madaniy turizm yo'nalishi 4-bosqich talabasi.

 Yunusov Arman Fayzulla oʻgʻli — Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori. San'atshunoslik va amaliy san'at fakulteti, Muzey menejmenti va madaniy turizm yo'nalishi 4-bosqich talabasi

Karalbayeva Kamilla Dilshodovna — Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori. San'atshunoslik va amaliy san'at fakulteti, Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiya va ta'mirlash) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi

 Institut rahbariyati va talaba-yoshlari nomidan mazkur e’tirofga sazovor bo‘lgan iste’dodli talabalarni tabriklagan holda kelgusi o‘qishlari va ijodiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!