Bugun institutimiz Ko'rgazmalar zalida  O‘zbekiston xalq rassomi, professor Akmal Ikromjonov rahbarligida tashkil etilgan «Moviyga parvoz» nomli ko‘rgazmasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda institumiz  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Dilafruz Qurbonova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ravshan Yunusov hamda san’atshunoslar, institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

«Moviyga parvoz» ko‘rgazmasidan 17 nafar mahoratli rassomning saralangan asarlari o‘rin olgan bo’lib, ko‘rgazma ekspozitsiyasi ijodkorlarning o‘ziga xos badiiy qarashlari,  falsafiy fikrlari va ijodiy izlanishlarini talabalarda katta qiziqish uyg’otdi.

Tadbir muloqot va qiziqarli savol-javoblar tarzida o‘tdi. Institut talabalari, magistrantlar va mustaqil izlanuvchilar rassomlarning o‘ziga xos ijodiy uslubi, ko‘rgazmadagi asarlarning yaratilish tarixi hamda ularning ko‘p yillik tajribalari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.

5429183651557105614_121.jpg

5429183651557105612_121.jpg

5429183651557105611_121.jpg

5429183651557105625_121.jpg