Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Omonulla Salixov mas'ul xodimlar bilan birgalikda institut talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif mobaynida Rektorimiz Omonulla Salixov Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ravshan Yunusov bilan birgalikda talabalar turar joyida tashkil etilgan sport to'garaklari, ustaxonalardagi ijodiy jarayonlar, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil etilgan turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, shu jumladan, bugun tashkil etilgan “Olivye Party” hamda "Talabalar turar joyi oynalarini bayramona bezash" kabi tanlovlar jarayoni bilan yaqindan tanishib, tanlovlarda faol ishtirok etgan talabalarga tashakkurnoma va yangi yil sovg'alarini topshirishdi.

Shuningdek, rektor talabalarning yashash sharoitini o‘rganib, ular bilan samimiy va ochiq muloqot qildi. Muloqot davomida talabalarning taklif va muammolari tinglanib, ularni qo'llab-quvvatlash bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.