Kuni kecha 2025-2026-o‘quv yili uchun bakalavriat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari tasdiqlandi!
Stipendiya g‘oliblarining 3 nafari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari Kamilla Karalbayeva, Shaxnoza Serikbayeva hamda Arman Yunusovlar ekanligi oliygoh jamoasi uchun faxr va iftixordir.
Bugun institut rektori Omonulla Salixov stipendiya g‘olibi bo‘lgan talabalar bilan uchrashib, ularni mazkur yutuqlari bilan samimiy tabrikladi hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Shuningdek, rektor talabalarga ushbu e'tirof – o‘z ustida ishlayotgan ijodkor yoshlar mehnatiga berilgan munosib baho ekanligini ta'kidlab, ularning kelgusi o‘qish va ijodiy faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.