Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida bilim saviyasini oshirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda intellektual salohiyatni namoyon etish maqsadida tashkil etilmoqda.

Musobaqada kimlar qatnashishi mumkin?
Institutning barcha fakultet va yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar!
Jamoa shaklida (5-nafardan oshmagan holda va chegaralanmagan guruhlar)

 "Talabalar ligasi"ga arizalar 15-fevralga qadar "Zakovat" klubi rahbari Dilmurod Tojiboyevga (Tel: 99-036-36-32) topshirilishi so'raladi!

"Talabalar ligasi" uchun ariza 

G'olib bo'lgan jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi
1- o’rin 7 mln so’m 
2- o’rin 5 mln so’m 
3- o’rin 3 mln so’m 
Bilimingizga ishonasizmi? Unda jamoangizni tuzing va “Zakovat” maydonida kuch sinashing!