Mazkur tadbir Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktabi binosida o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad iqtidorli dizayner yoshlarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini namoyon etish hamda keng imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirning kirish qismida mehmonlar sokin musiqa sadolari ostida kutib olindi hamda kofe-breyk tashkil etildi. Shundan so‘ng dasturining asosiy qismi — “Fashion show” namoyishi boshlandi. Unda ikki yo‘nalish bo‘yicha tayyorlangan liboslar taqdim etildi: “Etno milliy kiyimlar” hamda “Transformatsiya” kolleksiyalari tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.
Tadbir yakunida mezbonlik qilgan Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktabi rahbariyatiga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tashabbus ko‘rsatgan dizayn fakulteti tyutori Habiba Kurbanova hamda o‘z iqtidorini namoyon etgan talaba-yoshlar institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.