Bugun institutimiz rektori Omonulla Salixov Dizayn fakulteti talabalari bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova, Institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi Xasan Djurayev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ravshan Yunusov, Dizayn fakulteti dekani Ruslan Xoliqovlar ham ishtirok etib, institutimiz rektori bilan birgalikda talabalarning taklif va tashabbuslarini tingladi. 

Uchrashuv davomida fakultet talabalari o‘z fikrlarini erkin ifoda etib, institut talabalari uchun manfaatli bo'lgan tashabbusli loyihalarini taqdimot qilishdi. Ularning har biri ijodiy g‘oyalari, tashabbuskorlik ruhi va yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi uchun rahbarlar tomonidan alohida e’tirof etildi.

Bugungi uchrashuv rektor va talabalar o‘rtasida qizg‘in savol-javoblar, fikr almashuvlarga boy tarzda o‘tib, yoshlar o‘z taklif va g'oyalarini bildirishar ekan, rektor ularning har bir tashabbus va takliflarini e'tibordan chetda qoldirmagan holda qo‘llab-quvvatlanishini aytib o'tdi.