Kengash majlisi davomida kun tartibidan o‘rin olgan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ullarning axborotlari tinglandi. Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyuldagi “Tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 212-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutning chora-tadbirlar rejasi;
“HEMIS” axborot tizimiga joylashtirilgan ma’lumotlar yuzasidan monitoring ishlari;
Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini nashrga tavsiya etish;
Institut 4-kurs talabalarining akademik qarzdorliklarini bartaraf etish uchun 2026/2027-o‘quv yili birinchi yarmida pulli asosda qayta o‘qish jarayonini tashkil etish;
Magistratura mutaxassisligi talabalarining magistrlik dissertatsiyasi mavzularini va ilmiy rahbar nomzodlarini tasdiqlash;
Institutning Shamsiro‘y Hasanova nomidagi stipendiyasiga nomzodlarni tavsiya etish;
Institutda Oktyabr oyi “Sog‘lom turmush tarzi” deb e’lon qilinganligi va mazkur shiorga doir tashkil etilgan tadbirlar;
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlangan tanlovlar va madaniy tadbirlar rejasi;
Kafedralarda pedagogik faoliyatini yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning nomzodlarini dotsent va professor ilmiy unvonlariga tavsiya etish kabi turli muhim masalalar ko‘rib chiqildi.