Institutimiz professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida bo‘lib o‘tgan “Miniature Painting in Uzbekistan / O‘zbekistonda miniatyura san’ati” kitobining ingliz tilidagi nashri taqdimotida faol ishtirok etdilar. Kitob Dinara & Co. nashriyoti tomonidan tayyorlangan bo‘lib, O‘zbekiston madaniy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qiladi. Muallif — adabiyot fanlari doktori (PhD) Rolando Montekalvo (University of California, Berkeley, AQSH).
Tadbirni O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, San'atshunoslik fanlari doktori, professor Kamola Akilova ochib berib, tadbir davomida zamonaviy o‘zbek miniatyura san’ati namoyandalari Davlat Toshev, akademik Nizomiy Xolmatov va yosh rassom Sherzod Ariboyevlar ijodiga bag‘ishlangan maqolalar yuzasidan fikrlar bildirildi.
Mazkur tadbir san’atshunoslik va tasviriy san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarimiz hamda professor-o'qituvchilarimiz uchun muhim ahamiyat kasb etdi.