Qozog‘iston Respublikasining Aqtobe viloyatidagi K.Zhubanov nomidagi Aqtobe mintaqaviy universitetida joriy yilning 7-fevral sanasidan 7-mart sanasigacha o'tkazilayotgan Xalqaro amaliyot va malaka oshirish dasturi doirasida, institutimiz professor-o'qituvchilari tomonidan Tasviriy san’at, Grafika, Dizayn va Haykaltaroshlik yo‘nalishlarida ilg‘or pedagogik tajribalar o‘rganilib, mazkur universitet talabalari uchun ham amaliy mashg‘ulot va mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Dasturda institutimizning Dizayn fakulteti dekani Xoliqov Ruslan Safarovich,  "Chizmatasvir" kafedrasi dotsenti Mamasaliyev Rustambek Xoltayevich, o‘qituvchi Kosimov Xayrullo Sobirovich, "Haykaltaroshlik" kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidov Uktamboy Radjabboyevich hamda o‘qituvchi Xakimov Botir Boxodirovichlar faol qatnashib, K.Zhubanov nomidagi Aqtobe mintaqaviy universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan samarali ijodiy va ilmiy hamkorlikda muloqot olib borishmoqda.

Vakillarimiz universitetning o‘quv ustaxonalari hamda hunarmandchilik yo‘nalishlari bilan tanishib, talabalarning yog‘ochga ishlov berish, musiqa asboblari va oshxona jihozlari tayyorlash, zargarlik buyumlari yaratish, gobelen to‘qish kabi amaliy san’at turlari bilan shug‘ullanish jarayonlarini o'rganishmoqda.

Shuningdek, o‘zbek tasviriy san’ati an’analari, milliy badiiy maktab xususiyatlari va zamonaviy ijodiy yondashuvlar bo‘yicha fikr almashildi. Grafika va haykaltaroshlik yo‘nalishlarida o‘tkazilgan mahorat darslari talabalar uchun texnik va uslubiy imkoniyatlarni amaliy jarayonda o‘rganish imkonini berdi.

Bu kabi Xalqaro amaliyot va malaka oshirish dasturlari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi madaniy va akademik hamkorlikni mustahkamlab, san’at ta’limi sohasida tajriba almashish hamda talabalarning ijodiy fikrlash doirasini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

5249334013455963307_121.jpg

5249334013455963308_121.jpg

5249334013455963309_121.jpg

5246994875482315018_121.jpg

5246994875482315019_121.jpg

5246994875482315020_121.jpg

5249334013455963295_121.jpg

5249334013455963304_121.jpg

5249334013455963303_121.jpg