Ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda san’at ixlosmandlarini bir maskan atrofida birlashtirish yo‘lida "Artuy" galereyasi o‘z faoliyatini boshladi.
Galereyaning ochilishi — nafaqat yangi ijodiy makonning paydo bo‘lishi, balki san’at asarlarini namoyish etish, ijodkorlar bilan muloqot qilish va zamonaviy badiiy qarashlarni keng jamoatchilikka yetkazish uchun ham muhim qadamdir.
"Artuy" galereyasi san’at va ijod ahlini birlashtiruvchi, yangi g‘oyalar va badiiy izlanishlar uchun ilhom bag‘ishlovchi maskanga aylanishiga ishonch bildiramiz.