Bugun institutimiz futbol terma jamosi futbol bo‘yicha “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi kubogi” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, saralash doirasidagi barcha o'yinlarda g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Mazkur natijalar institut jamoasining musobaqadagi ishtiroki, o‘zaro hamjihatligi va sportga bo‘lgan mas’uliyatini yaqqol namoyon etdi. O'zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ta'lim muassasalarining futbol jamoalariga qarshi uchrashuvlarda qayd etilgan yirik hisobdagi g‘alabalar jamoamizning salohiyati va yuqori tayyorgarligini ko‘rsatdi.
Endilikda jamoamizni musobaqaning hal qiluvchi final bahslari kutmoqda! Ishonamizki, institut xodimlari final bosqichida ham munosib ishtirok etib, g‘oliblik uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadilar.